—— Ob-havo yuklanmoqda… info@turkology.ou.edu.uz +998 94 981 69 99
Turkologiya ilmiy
tadqiqotlar markazi
Turkiy tillar va madaniy meros
Bosh sahifa / Talablar

Maqolaga qo‘yiladigan talablar

Quyidagi talablarga javob bermaydigan qo‘lyozmalar taqrizlash bosqichiga o‘tkazilmaydi.

Maqola markaz jurnallarining biriga mos yo‘nalishda bo‘lishi, ilmiy yangilikka ega bo‘lishi va akademik yozuv me’yorlariga rioya qilishi kerak.

Maqola tuzilishi

  1. UDK indeksi, maqola sarlavhasi, muallif(lar) F.I.Sh., ish joyi, davlat va elektron pochta.
  2. Annotatsiya (150–250 so‘z) va 5–8 ta kalit so‘z — uch tilda (o‘zbek, rus, ingliz).
  3. Kirish: muammoning qo‘yilishi, mavzuning dolzarbligi va tadqiqot maqsadi.
  4. Materiallar va metodlar: manbalar tavsifi hamda qo‘llanilgan tadqiqot usullari.
  5. Natijalar va muhokama: tahlil, jadval, sxema va misollar bilan.
  6. Xulosa: asosiy natijalar va ularning ilmiy ahamiyati.
  7. Adabiyotlar ro‘yxati va (zarur bo‘lsa) moliyalashtirish to‘g‘risidagi ma’lumot.

Texnik talablar

ParametrTalab
Fayl formatiMicrosoft Word (.doc, .docx)
Hajmi8–20 sahifa (adabiyotlar ro‘yxati bilan)
ShriftTimes New Roman, 14 pt; ko‘kturk va uyg‘ur matnlari uchun Unicode shriftlar
Qator oralig‘i1,5
MaydonlarYuqori/quyi — 2 sm, chap — 3 sm, o‘ng — 1,5 sm
HavolalarMatn ichida kvadrat qavsda: [3, 45-b.]
Rasm va jadvallarAlohida raqamlangan, sarlavhali; rasmlar 300 dpi
TilO‘zbek, rus, ingliz yoki turk

Adabiyotlar ro‘yxati

Adabiyotlar ro‘yxati matnda keltirilish tartibida raqamlanadi. Chet tilidagi manbalar asl yozuvda beriladi. Imkon boricha har bir manbaning DOI raqami ko‘rsatiladi. Ro‘yxatda kamida 12 ta manba bo‘lishi, ularning uchdan biri so‘nggi besh yilda chop etilgan ishlar bo‘lishi tavsiya etiladi.

Muhim. Barcha qo‘lyozmalar plagiatga tekshiriladi. Original matn ulushi 75% dan kam bo‘lgan ishlar ko‘rib chiqilmaydi.

Tez-tez so‘raladigan savollar

Markaz jurnallarida nashr uchun to‘lov olinmaydi. Barcha maqolalar ochiq kirish asosida bepul joylashtiriladi.

Texnik tekshiruv 3 kun, birlamchi tahririy qaror 14 kun ichida bildiriladi. To‘liq sikl o‘rtacha 45 kunni tashkil etadi.

O‘zbek, rus, ingliz va turk tillarida. Annotatsiya har doim uch tilda talab qilinadi.

Ha, magistr va doktorantlar ilmiy rahbari bilan hammuallif sifatida maqola yuborishlari mumkin.

Ha, «Turcology and Uzbek Studies» jurnalidagi har bir maqolaga Crossref DOI raqami beriladi.